Foto: Search News info
Malayziyalik juftlik to‘y kuni mamlakatda pandemiya sabab o‘rnatilgan taqiqlarni chetlab o‘tmagan holda 10 ming nafar mehmonni qabul qilishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda BBC News xabar berdi, deb yozadi Search News info.
Malayziyadagi yangi qoidalarga binoan to‘y marosimida 20 dan ortiq mehmon ishtirok etishi mumkin emas. Shunga qaramay, Tengku Muhammad Xofiz va kelin Oushen Alagianing to‘yida hammasi boshqacha bo‘lgan.
Juftlik nikoh oqshomini Malayziyaning Putrajaya shahridagi hukumat binosi oldida nishonlagan. Mehmonlar kelin va kuyov yonidan mashinada o‘tib, tabrik belgisi sifatida ularga qo‘l silkigan. Shu yo‘sinda tashrif buyuruvchilar mavjud qoida va ijtimoiy masofaga amal qilgan holda marosimda ishtirok etgan. 3 soat davom etgan tantanada har bir mehmonga oldindan maxsus qutilarga joylangan taomlar ulashilgan.
Kuyov vazirlar mahkamasining sobiq a’zosi Tengku Adnana Tengku Mansaraning o‘g‘li. 20 dekabr kuni 70 yoshni qarshilagan Mansara Facebook sahifasida tashrif buyurganlarga ehtiyot choralariga rioya qilgani uchun minnatdorchilik bildirgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi