23:00 / 24.12.2020
2 461

Mayya Sandu Moldova prezidenti lavozimiga kirishdi

Mayya Sandu Moldova prezidenti lavozimiga kirishdi
Foto: «Gazeta.ru»
Moldovaning yangi prezidenti Mayya Sandu rasman o‘z lavozimiga kirishdi, u 24 dekabr kuni qasamyod qabul qildi. Bu haqda «Interfaks» xabar berdi.

«Moldova Respublikasining gullab-yashnashi uchun bor kuchim va bilimimni sarflashga, mamlakat konstitutsiyasi va qonunlariga amal qilishga, demokratiyani, insonning asosiy huquqlarini, Moldovaning suvereniteti, mustaqilligi va hududiy yaxlitligini himoya qilishga qasamyod qilaman», — deya mamlakat konstitutsiyasiga qo‘lini qo‘ygan holda Mayya Sandu qasamyod qildi.

Inauguratsiya marosimi Moldova parlamenti va Konstitutsion sudining tantanavor qo‘shma majlisi doirasida bo‘lib o‘tdi.

15 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan saylov natijalariga ko‘ra, Mayya Sandu 57,72 foiz ovoz to‘plagan, mamlakatning sobiq prezidenti Igor Dodon esa 42.28 foiz ovoz olgan.

Igor Dodon yangi prezidentning qasamyod qabul qilish marosimida ishtirok etishdan bosh tortgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Mayya Sandu Moldova prezidenti lavozimiga kirishdi