date
views 5 313

Peruda haydovchi avtobusni jarlikka tushib ketishidan qutqarib qoldi (video)

Peruda haydovchi avtobusni jarlikka tushib ketishidan qutqarib qoldi (video)
Kadr: YouTube
Internetda Perudagi tog‘dan o‘tuvchi xavfli yo‘lda harakatlangan avtobusning videosi keng muhokamalarga sabab bo‘ldi, deb xabar beradi CARakoom. Rolik ostidagi izohlarga ko‘ra, ushbu yo‘l Uakaybamba va Pinra shaharlari orasida joylashgan bo‘lib, avtobus mahalliy Express Sifuenter transport kompaniyasiga tegishli.

Perudagi yo‘llarga kerakli xizmatlar ko‘rsatilmagani sabab, unda harakatlanish tom ma’noda o‘lim bilan yakunlanishi mumkin. E’lon qilingan videoda avtobus jarga tushib ketishiga bir baxya qolgan.

Bu kabi vaziyatda sarosimaga tushib qolmagan haydovchi avtobusni yo‘ldan olib o‘tishga muvaffaq bo‘lgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Peruda haydovchi avtobusni jarlikka tushib ketishidan qutqarib qoldi (video)