14:30 / 27.12.2020
2 155

Amerikada mashinasi bilan 10 soatdan ortiq qor ostida qolib ketgan haydovchi qutqarildi

Amerikada mashinasi bilan 10 soatdan ortiq qor ostida qolib ketgan haydovchi qutqarildi
Foto: New York State Police
Nyu-York shtati politsiyasi qor tuzog‘iga tushib qolib, u yerda 10 soat qolib ketgan haydovchini qutqarib oldi. Huquq-tartibot xodimlari qariyb 1,5 metrli qor qatlami ostida avtomobilni qidirib topib, muzlab qolgan amerikalikni shifoxonaga yetkazgan, deb xabar beradi Motor.

17 dekabr kuni Nyu-York shtatiga qor bo‘roni yopirilib, ko‘plab yo‘l-transport hodisalarining sodir bo‘lishiga olib keldi. Erta tongda politsiyaga 58 yoshli Kevin Kresen qo‘ng‘iroq qilgan — u yo‘l chetida to‘xtagani va mashinasi butkul qor ostida qolib ketgani haqida aytgan. Ma’lum bo‘lishicha, kechki smenada ishlagan politsiyachilar murojaat bo‘yicha aytilgan joyga borgan, biroq avtomobilni topa olmagan.

Mashinani serjant Jeyson Kouli topishga muvaffaq bo‘lgan. Avvaliga u butun hududni aylanib chiqqan, shundan so‘ng u qor ostida qolgan pochta qutilarini kovlab olib, manzillarni tekshirishga tushgan. Navbatdagi qutini kovlash vaqtida u qorga burkangan mashinaning old oynasiga duch kelgan.

Foto: New York State Police
Kouli avtomobilning chap eshigini qordan tozalab, Kresenning chiqishiga yordam bergan. Ta’kidlanishicha, erkak qor orasida 10 soatdan ortiq qolib ketgan: mashina pechi ishlamagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Amerikada mashinasi bilan 10 soatdan ortiq qor ostida qolib ketgan haydovchi qutqarildi