Foto: «Ria.ru»
Jigar saratoni rivojlanayotganidan axlat rangi bo‘zarishi ham dalolat berishi mumkin. Bu haqda Duglas Makmillan nomidagi saratonga qarshi kurash xayriya tashkiloti qo‘llanmasidan aytilgan, deb yozadi «Daily Express».
Mutaxassislar kasallikning boshqa alomatlarini ham sanab o‘tishgan: ishtaha yo‘qolishi, ko‘ngil aynishi, holsizlik, qorinning o‘ng qismida og‘riq va shish, shuningdek, teri va ko‘z oqining sarg‘ayishi shular jumlasidan.
«Bularning hammasi boshqa kasalliklar tufayli ham kelib chiqishi mumkin. Shu bois shifokorga murojaat qilish kerak», — deyiladi xabarda.
Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, spirtli ichimliklarga ruju qo‘yish, diabet va ortiqcha vazn jigar saratonini keltirib chiqarishi mumkin. Shuningdek, kasallikning rivojlanishiga irsiy moyillik ham ta’sir ko‘rsatmasdan qolmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
O‘zbekistonning eksport va importida yuqori ulushga ega davlatlar ma’lum qilindi
O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor yog‘di
Saudiyadagi sammitda Isroil va Hamas o‘rtasida muzokaralarni tiklashga harakat qilinmoqda
Futzal. Bugun O‘zbekiston bronza medali uchun Tojikiston bilan o‘ynaydi
Bundesliga. "Bayer" 90+6 daqiqada gol urib yana mag‘lubiyatdan qutulib qoldi!
O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik...
Timur Kapadze Indoneziyaga qarshi kechadigan yarim final bahsidan oldin nimalar dedi?