
Foto: «S-kuranty.ru»
Buyuk Britaniyada semizlikka qarshi kurashish maqsadida supermarketlarda gazak va gazlangan ichimliklarni sotish taqiqlanadi, deb yozadi «Guardian».
Shuningdek, do‘konga kiraverishda yoki yo‘lakning oxiridagi rastalarga zararli mahsulotlarni joylashga ruxsat berilmaydi. Bundan tashqari, hukumat Internetdagi fastfud bilan kurashishga qaror qildi. 2022 yildan boshlab ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida zararli mahsulotlarni sotish bo‘yicha ilovalarni joylash taqiqlanadi. Bundan buyon restoranlar bepul gazlangan ichimliklarni taklif qilolmaydi.
Mamlakatda katta yoshdagi 63 foiz aholi ortiqcha vazn yoki semizlikdan qiynaladi. Shu munosabat bilan hukumat tarkibida qand yoki tuz miqdori yuqori bo‘lgan yegulik va ichimliklarni qadoqlash talablarini kuchaytirmoqchi. Katta-katta restoranlarda taomnomadagi ovqatning kaloriyasini ko‘rsatish talab etilishi mumkin.
Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson ortiqcha vazn koronavirus bilan kasallanish xavfini oshirishini bilgandan so‘ng zararli oziq-ovqat mahsulotlarini sotish bo‘yicha cheklovlarni joriy etishga qaror qildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar