10:14 / 30.12.2020
1 959

BAAda ham koronavirusning «britancha» shtammi aniqlandi

BAAda ham koronavirusning «britancha» shtammi aniqlandi
Foto: Reuters
Birlashgan Arab Amirliklarida koronavirusining yangi shtammi bilan kasallanishning bir nechta holati aniqlandi, deb xabar qildi 29 dekabr kuni Arab News portaliga tayanib «Interfaks».

Kasallikni yuqtirganlar chet eldan kelgan, ammo qaysi mamlakatdan ekanligi aniqlanmagan. 29 dekabr kuni BAAda 1506 nafar fuqaroda koronavirus aniqlangan, ikki kishi kasallik oqibatida vafot etgan. So‘nggi 24 soat ichida 1475 bemor kasallikdan forig‘ bo‘lgan.

Jons Hopkins universitetining ma’lumotlariga ko‘ra, Birlashgan Arab Amirliklarida pandemiya boshlanganidan beri 204 mingdan ortiq odam koronavirus bilan kasallangan, 662 kishi vafot etgan.

Hozirgacha yangi shtamm Buyuk Britaniyadan tashqari Niderlandiya, Avstraliya, Daniya, Braziliya, Germaniya, Shveysariya, Fransiya, Yaponiya, Janubiy Koreya va Iordaniyada aniqlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » BAAda ham koronavirusning «britancha» shtammi aniqlandi