19:15 / 30.12.2020
2 141

O‘zbekiston ko‘magi bilan Qirg‘izistonda yana ikkita shifoxona qurildi

O‘zbekiston ko‘magi bilan Qirg‘izistonda yana ikkita shifoxona qurildi
Foto: Qirg‘iziston Sog‘liqni saqlash vazirligi
Qizg‘izistonning Bishkek va Chuy viloyatida mos ravishda 176 va 24 koyka-o‘ringa mo‘ljallangan modul konstruksiyaga ega yana ikkita shifoxona ochildi. Loyihalar to‘liq O‘zbekiston tomonidan moliyalashtirilgan bo‘lib, bir oydan kamroq vaqt ichida qurib bitkazilgan. Bu haqda Qirg‘iziston Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Shifoxonaning ochilish marosimida Qirg‘iziston sog‘liqni saqlash vaziri Alimkadir Beyshenaliyev, O‘zbekiston tomonidan esa bosh vazir maslahatchisi Mehriddin Xayriddinov boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etdi.

«O‘zbekiston pandemiya vaqtida Qirg‘izistonga yordam ko‘rsatgan birinchi davlatlardan hisoblanadi. Qo‘shni mamlakatdan kislorod konsentratorlari, respiratorlar va boshqa tibbiyot asbob-uskunalari hamda 400 koyka-o‘ringa mo‘ljallangan yengil modul konstruksiyalar yuborildi», — deydi Alimkadir Beyshenaliyev.

«Qardosh qirg‘iz xalqida yuqumli kasalliklar kam bo‘lsa, o‘zbek xalqi ham xavfsizlikda bo‘ladi. Chunki har kuni O‘zbekiston—Qirg‘iziston chegarasini 15 mingga yaqin odam kesib o‘tadi. Shu sababli kasalliklar profilaktikasiga e’tiborli bo‘lishimiz va oldindan ishlashimiz kerak», — deya ta’kidlaydi Mehriddin Xayriddinov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » O‘zbekiston ko‘magi bilan Qirg‘izistonda yana ikkita shifoxona qurildi