
Foto: Reuters
Koronavirusning Buyuk Britaniyada tarqalgan yanada yuqumli shtammi Xitoyga ham yetib bordi. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib The Straits Times nashri xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, virusning mutatsiyaga uchragan ushbu turi Buyuk Britaniyadan qaytgan shanhaylik 23 yoshli ayolda aniqlangan.
Hozirgi vaqtga kelib koronavirusning yangi turi Buyuk Britaniyadan tashqari kamida 17 mamlakatda aniqlandi.
Buyuk Britaniyada koronavirusning xavfli mutatsiyasi sentabrda aniqlangandi, ammo u dekabrda faol tarqala boshladi.
Mamlakat bosh vaziri Boris Jonsonning so‘zlariga ko‘ra, yangi shtamm avvalgisiga nisbatan 70 foizga yuqumliroqdir. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar