11:47 / 01.01.2021
2 261

Chechenistonda Qodirov va uning qarindoshlari sharafiga nomlangan 346 ta ko‘cha borligi aniqlandi

Chechenistonda Qodirov va uning qarindoshlari sharafiga nomlangan 346 ta ko‘cha borligi aniqlandi
Foto: «TASS»
Checheniston shahar va qishloqlarida jami 346 ta ko‘chaga respublika rahbari Ramzan Qodirovning nomi berilgan, deb yozadi Meduza «BBC Rossiya» hisob-kitoblariga tayanib.

Nashr qayd etishicha, u yoki bu aholi punktidagi Qodirov nomi berilgan ko‘chalar soni uning geografik joylashuviga bog‘liq: u urug‘dosh qishloqlarga qanchalik yaqin bo‘lsa, u yerda bunday ko‘chalar shunchalik ko‘p.

Masalan, respublika janubidagi Nojay-Yurt tumanida (Qodirovlar urug‘i o‘sha yerdan)gi 53 ta aholi punktidan 48 tasida uning nomi bilan atalgan ko‘chalar bor, Checheniston shimoli-sharqidagi Shelkov tumanida esa 25 ta qishloqda bor-yo‘g‘i to‘rtta shunday ko‘cha bor.

Ko‘chalar eng ko‘p Chechenistonning amaldagi rahbari Ramzan Qodirovning otasi Ahmad Hoji Qodirov sharafiga nomlangan, ikkinchi o‘rinda Ramzan Qodirovning o‘zi, undan keyinda esa uning onasi va bobosi turibdi.

Rossiya Davlat dumasi deputati Adam Delimxanov tug‘ilib-o‘sgan Jalka qishlog‘ida Qodirov nomidagi ko‘chalar bor-yo‘g‘i bitta, qaytaga Adam Delimxanovning o‘zining, shuningdek, Chechenistonning turli kuch muassasalarida ishlaydigan to‘rt aka-ukasining nomi berilgan ko‘chalar naq beshta.

Qodirovning qarindoshlari ko‘pincha Checheniston rahbariyatida yuqori mansablarni egallaydi. 2018 yilda, «BBC Rossiya» hisob-kitoblariga ko‘ra, Qodirovning qarindoshlari hududdagi eng nufuzli 150 nafar mansabdorlarning 30 foizini tashkil qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Chechenistonda Qodirov va uning qarindoshlari sharafiga nomlangan 346 ta ko‘cha borligi aniqlandi