Foto: Dmitriy Azarov / Kommersant’
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev va Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyanni Moskvaga uchrashuvga taklif qildi. Uch tomonlama uchrashuv 11 yanvarda bo‘lib o‘tadi. Tomonlar Tog‘li Qorabog‘ bo‘yicha yarashuv kelishuvining amalga oshirilishi qanday borayotganini muhokama qilishadi.
Kreml matbuot xizmatining xabar berishicha, Tog‘li Qorabog‘da harbiy harakatlar natijasida jabrlangan hududlar aholisiga yordam ko‘rsatish, savdo-iqtisodiy va transport aloqalarini tiklash va rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi.
Bundan tashqari, Putinning Aliyev va Pashinyan bilan alohida uchrashuvlar o‘tkazishi rejalashtirilgan.
Pashinyanning matbuot kotibi Mane Gevorgyanning Facebook’da ta’kidlashicha, Armaniston uchun uchrashuvda harbiy asirlar va bedarak yo‘qolganlar masalasini ko‘tarish muhim hisoblanadi.
“Armaniston uchun asirlarni qaytarish, ozarboyjonliklar pozitsiyalari ortida qolgan askarlarimiz bilan bog‘liq qidiruv-qutqaruv amaliyoti, halok bo‘lganlar jasadlarini izlash, bedarak yo‘qolganlar taqdiri masalalari hal qiluvchi ahamiyatga ega. Armaniston Moskvadagi uchrashuvda bu masalalarning muhokama qilinishini muhim ahamiyatga ega deb hisoblaydi”, deb yozgan Gevorgyan.
Tog‘li Qorabog‘da 2020 yil sentabr oxirida Ozarboyjon va Armaniston o‘rtasida harbiy ixtilof avj olgandi. Noyabrda tomonlar Rossiya ko‘magida yarashuv kelishuvini imzolagandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Hamid Sodiq: “Agar qonunlar ishlamasa, qonunlarning vazifasini korrupsiya bajarishni boshlaydi”
Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi
Suvning fanga noma’lum bo‘lgan yangi xususiyati topildi
Toshkent markazidagi ko‘chalardan birida asfalt o‘pirilib tushdi
Polsha generali: “Rossiya va Belarus bilan chegarada minalangan maydonlarni o‘rnatish kerak”
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi?
Abduqodir Husanov Osiyo Kubogi finalida O‘zbekiston termasiga yordam bera olmaydi