Foto: «Pixabay.com»
Britaniyalik olimlar saraton kasalligini davolashda qo‘shimcha muolaja sifatida parhezga amal qilishning muhimligini isbotladilar. Bu haqda «Daily Mail» xabar berdi.
Tadqiqotchilar organizmda serin aminokislotasi bo‘lishi saraton hujayralarining o‘sishini ta’minlashini aniqlashdi. U go‘sht, baliq va tuxum tarkibida bo‘lib, deyarli barcha oqsillarni hosil qilishda ishtirok etadi. Sichqonlar ustida o‘tkazilgan tajriba natijalariga ko‘ra, serin miqdori past bo‘lgan parhez o‘smaning o‘sishini sekinlashtiradi.
Ammo davolash qiyin bo‘lgan ichak va oshqozon osti bezi saratoniga chalingan 30 foiz bemorlarning organizmida mutatsiya bo‘ladi. U tufayli saraton hujayralari mustaqil ravishda serin ishlab chiqarishning ko‘payishiga ta’sir ko‘rsatadi.
Tadqiqotchilar tomonidan chop etilgan maqolada qayd etilishicha, parhezga amal qilish shifokorlar va tadqiqotchilar orasida uzoq vaqtdan beri munozaraga sabab bo‘lmoqda. Mutaxassislar taomnomaning saraton kasalligiga ta’sirini anglab yetish nafaqat kasallikni davolashga, balki oldini olishga yordam berishidan umid qilishmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi