2 505
Kim Kardashyan qo‘l ostidagi xodimlarining har biriga 10 ming dollarlik Rolex soatini sovg‘a qildi
Foto: Getty Images
2020 yilning sentabr oyida Kim Kardashyan, 14 yildan buyon efirga uzatilib kelayotgan «Kardashyanlar oilasi» shousining yopilishini e’lon qilgan. So‘nggi fasli 2021 yilning yanvar oyida suratga olingan. Yaxshi-yomon kunlarda birga bo‘lgani sabab Kim onasi Kris bilan birga suratga olish jamoasining har bir a’zosiga Rolex soatini sovg‘a qilgan. Har birining narxi 10 ming dollar bo‘lgan soat uchun Kardashyanlar jami 300 ming dollar sarflagan.
Shou yopilishiga uning past reytinglarni qayd qila boshlagani sabab bo‘lgan. Qolaversa, oila bilan bog‘liq muammolar haqida muxlislar shou ekran yuzini ko‘rishidan avvalroq xabar topa boshlagan. Yangiliklardan hammasi haqida xabar topib keyin bir necha hafta o‘tgach shouning yangi sonini ko‘rishda esa mantiq yo‘q. Pandemiya vaqtidagi moliyaviy inqiroz ham so‘nggi qarorga kelishga sabab bo‘lgan.
[media=https://www.instagram.com/p/B_7nQiHAMUQ/?utm_source=ig_embed]
Bundan tashqari, Kim va Kanening o‘rtasidagi munosabatlarning darz ketishi ham bu qarorga kelishida muhrim rol o‘ynagan. Eslatib o‘tamiz, Kane saylovoldi jarayonlaridagi chiqishlarida Kim birinchi farzandiga homilador vaqtida abort qildirmoqchi bo‘lganini ma’lum qilgan. Keyinchalik, rafiqasi uni aqlini kirgizib qo‘yish uchun shifokorlar bilan bir xonaga qamab qo‘yganini, allaqachon Kim bilan ajrashmoqchi ekanini yozib qoldirgan.
Ularning ajrashishi haqidagi mish-mishlar 2021 yilning boshidan rost ekani ma’lum bo‘lgan. Kim ajrashishlar bo‘yicha mashhur advokat Laura Uesserni yollagan. Reperning Rojdestvo bayramini Vayomingdagi uyida yolg‘iz nishonlagani esa yulduzlarning ajrashishga qat’iy qaror qilganining belgisi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi