Foto: «Anadolu»
Isroilda koronavirusning yangi mutatsiyasi aniqlandi. U odamlarga katta xavf tug‘dirishi mumkin. Bu haqda 24 yanvar kuni Turkiyaning Anadolu agentligi Isroil ommaviy axborot vositalariga tayanib xabar berdi.
Qayd etilishicha, yangi xavfli shtamm borligi haqida Isroil harbiy razvedka agentligi (AMAN) hisobotidan ma’lum bo‘ldi. Hujjatda yangi mutatsiya aholi orasida tarqalish darajasi yuqori ekanligi ta’kidlandi.
Shu munosabat bilan boshqa davlatlardan Isroilga kelgan har bir kishi karantinda bo‘lishi kerak. Bundan tashqari, yaqin kelajakda Bosh vazir Binyamin Netanyaxu mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi va hukumat huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashi bilan Tel-Avivdagi Ben Gurion aeroportini ikki hafta davomida yopish imkoniyatini muhokama qilishni rejalashtirmoqda.
2020 yil dekabr oyining boshidan buyon Buyuk Britaniya, Janubiy Afrika va Braziliyadan SARS-CoV-2ning yangi mutatsiyalangan shtammlari paydo bo‘lishi haqida xabarlar tarqaldi. Virusning ushbu turlari osonroq tarqalib, bu o‘lim va kasallanishlar holati ko‘payishiga olib kelishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi