Kadr: YouTube
Agarda mashina yo‘lida chuqur ko‘lmak chiqib qolsa, uni katta tezlikda bosib o‘tishga urinmaslik kerak. CARakoom tomonidan e’lon qilingan videorolikdagi Jaguar F-Pace bu kabi omadsiz urinishga yaqqol misol bo‘la oladi.
Videorolik Buyuk Britaniyaning Nottingemsher shahrida tasvirga olingan bo‘lib, unda qora Jaguar F-Pace haydovchisi katta ko‘lmakka tezda yaqinlashib kelganini ko‘rish mumkin. Aftidan, haydovchi ko‘lmakni u qadar chuqur, deb o‘ylamagan va katta tezlikda uni bosib o‘tishiga ishongan.
Biroq ko‘lmak o‘rtasiga kelgan F-Pace’ning kapoti oldida hosil bo‘lgan katta to‘lqin old oynaga qadar urilgan va yo‘ltanlamas o‘chib qolgan.
Bir necha soniyadan so‘ng, haydovchi mashinani yana o‘t oldirishga uringan, ammo bu kabi vaziyatda o‘t oldirish taqiqlanadi, chunki dvigatelga suv kirib ketishi mumkin. Oqibatda motordan g‘alati tovush chiqa boshlagan — dvigatel gidrozarba olgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti
O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?