07:30 / 31.01.2021
1 883

JSST ekspertlari Uhandagi shifoxonalarni tekshirishni boshladi

JSST ekspertlari Uhandagi shifoxonalarni tekshirishni boshladi
Foto: AP
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ekspertlari Xitoyning Uhan shahridagi tibbiyot muassasalarini tekshirishni boshladi.
Ikki haftalik karantindan so‘ng ular rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra koronavirus yuqtirgan ilk bemorlarni qabul qilgan shifoxonaga kelishdi.

«Bu koronavirusga qarshi kurashning eng og‘ir damlarida ishlagan shifokorlar bilan bevosita suhbatlashish imkoniyatidir», — dedi nazorat guruhi a’zolaridan biri, britaniyalik virusolog Piter Dashak.

JSST ekspertlari Xitoyga tashrif davomida koronavirus pandemiyasi boshlanishi to‘g‘risida hisobot tayyorlash uchun ma’lumot to‘plashadi. Pekin koronavirus tarqalishi to‘g‘risidagi haqiqiy ma’lumotlarni yashirganlikda ayblanganidan so‘ng JSST delegatsiyasini qabul qilishga rozi bo‘lgandi.

Xitoyga JSST ekspertlarining birinchi guruhi 2020 yilda kelgandi. Ular virus insonga ko‘rshapalaklardan yuqishi mumkin degan xulosaga kelgan, ammo infeksiya manbasi to‘g‘risidagi savol ochiq qolgandi.

Yana bir guruh iyulda borishi ko‘zda tutilgandi, ammo mamlakatga faqat ikki nafar mutaxassis kiritildi. Ular Uhanga borishmadi va navbatdagi missiyalar tashrifiga tayyorgarlik miqyosini o‘rganish bilan cheklandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » JSST ekspertlari Uhandagi shifoxonalarni tekshirishni boshladi