13:00 / 31.01.2021
3 084

“Isroil ta’lim dasturi arablarni o‘ldirishga chaqiradi”

“Isroil ta’lim dasturi arablarni o‘ldirishga chaqiradi”
Sharja amiri rafiqasining Isroil ta’lim tizimi haqidagi so‘zlari ijtimoiy tarmoqlarda qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi, deya xabar bermoqda “Al-Jazira”.

Dushanba kuni Birlashgan Arab Amirliklari va Isroil ta’lim mutasaddilari o‘rtasida videokonferensiya shaklida o‘tkazilgan uchrashuvda bir qator yo‘nalishlarda, xususan, talabalar almashinuvi va qo‘shma ilmiy tadqiqotlar bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilingan. Ana shu uchrashuvdan keyin Sharja amirining rafiqasi Javohir al-Qosimiy Tvitterdagi sahifasida Isroil ta’lim dasturi arablarni o‘ldirishga va zo‘rlashga chaqirishini yozdi.

Ayrim foydalanuvchilar al-Qosimiyni qo‘llab-quvvatlagan bo‘lsa, ba’zilari uning fikriga qarshi chiqdi. Foydalanuvchilardan biri esa Isroilning nafaqat ta’lim dasturi, balki umuman mafkurasi arablarga nisbatan nafrat tarqatishini ta’kidladi.

Umid qilamanki, Alloh amirlik va arab jamiyatini ularning ijtimoiy, madaniy va iqtisodiy hayotiga sionist ta’limning ochiqdan-ochiq kirib kelishidan asraydi”, – deya yozdi Xadil al-Farra ismli foydalanuvchi.

Ba’zilar esa Isroil Ta’lim vaziri Yoav Galantning sobiq harbiy ekanligini va o‘z vaqtida falastinliklarga qarshi operatsiyalarda qatnashganini eslab o‘tgan. Chindan ham Galant zaxiradagi general-mayor hisoblanadi, bir necha yil Isroil bosh vazirining harbiy kotibi bo‘lib ishlagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » “Isroil ta’lim dasturi arablarni o‘ldirishga chaqiradi”