
Foto: «Vesti.ru»
Xitoy yo‘llarida to‘liq haydovchisiz boshqariladigan taksilar paydo bo‘ldi. Autox kompaniyasi umumiy foydalanishdagi yo‘llarda haydovchisiz boshqariladigan taksilar faoliyatini yo‘lga qo‘ygan WayMo’dan keyingi ikkinchi kompaniyaga aylandi, deb xabar beradi «Vesti.ru».
Lidarlar, radar va kameralar bilan jihozlangan, shuningdek, mahalliy hududning aniq 3D-xaritasiga ega butun flot Chrysler Pacifica avtomobillari bazasida qurilgan.
Mazkur avtomobillar Xitoy «xayteki»ning markazi hisoblangan Shenchjenyu shahri bo‘ylab harakatlanadi. Autox mashinaga yo‘lovchi va it o‘tirgani tasvirlangan sinov videosi bilan bo‘lishgan. Ta’kidlanishicha, sinov vaqtida robotaksini barcha ham chaqira olmaydi, faqat cheklangan toifadagi odamlarga ruxsat berilgan. Bu kabi bosqichni WayMo kompaniyasi uch yil oldin o‘tkazgan va ortiqcha dabdabalarsiz haydovchisiz boshqariladigan taksilarning to‘laqonli servisini ishga tushirgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar