Foto: «Profi-news.ru»
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov uning portretini mansabdor shaxslarning idoralariga ilmaslikni iltimos qildi, deya jurnalistlarga ma’lum qildi uning matbuot kotibi Galina Bayterek.
«Prezident Sadir Japarov hozirgi paytda fuqarolarimizning hayotiy faoliyatini sifat jihatidan yaxshilash uchun hali hech nima qilmagan deb hisoblaydi. Shu bois u barcha davlat organlariga uning portretini idoralar va ma’muriy binolarga ilmaslikni tavsiya etadi», — dedi matbuot kotibi.
Bayterekning so‘zlariga ko‘ra, Japarov «Qirg‘iziston davlatchiligini mustahkamlash va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga beqiyos hissa qo‘shgan» Qirg‘iziston ASSR Xalq Komissarlari Kengashining birinchi raisi Yusuf Abdurahmonov yoki Respublika Kommunistik partiyasi Markaziy Qo‘mitasining birinchi kotibi Ishoq Razzoqovning portretlarini ilganlari ma’qul deb hisoblaydi.
10 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan prezident saylovlarida Japarov 79 foizdan ko‘proq ovoz to‘plab, g‘alaba qozondi.
11 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sadir Japarovni bo‘lib o‘tgan Prezident saylovidagi ishonchli g‘alabasi hamda Qirg‘iziston Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha referendumning muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan chin dildan tabrikladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda
AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi
Ikki toifa odamlar bor: ular hech nimani qo‘lga kirita olmaydi
Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi?