Foto: «Flickr»
AQShning yangi prezidenti Jozef Bayden 26 yanvar kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin bilan telefonda muloqot qildi. Holbuki, Bayden AQShga ittifoqdosh asosiy davlatlar rahbarlarining hammasi bilan ham telefonlashishga ulgurmagandi.
Bayden birinchi navbatda telefonlashmaganlar orasida «hisoblashmasa bo‘lmaydigan» XXR raisi Si Szinpin bilan ham bor. Xo‘sh, nega Putin?
Oq uy rahbarining matbuot kotibi Jen (Jennifer) Psaki bu savolga oydinlik kiritdi. U so‘zining boshidayoq Rossiya AQShning ittifoqchisi emasligini alohida ta’kidlab o‘tdi.
«Ammo bu suhbat taqozo etilardi, chunki... DSNV (strategik hujum qurollari bo‘yicha kelishuv) muddati tugayotgandi, muloqotda u (Bayden) o‘zi va ma’muriyatida Rossiya hukumatining xatti-harakatlari borasida jiddiy xavotir mavjudligini aniq-ravshan tushuntirdi», — dedi Oq uy matbuot kotibi.
Psaki qo‘shimcha qilishicha, Bayden AQSh-Xitoy munosabatlarini hamkorlar va ittifoqchilar bilan qizg‘in muhokama qilgan. Biroq Pekin bilan bog‘lanishga imkoniyati bo‘lmagan.
Eslatib o‘tamiz, yanvardagi muloqotda Rossiya va AQSh yetakchilari DSNV-3ni uzaytirishga kelishib olishgandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari
AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi”
AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi
Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi”
Belgiya Isroilga nisbatan savdo sanksiyalarini qo‘llash tashabbusini ilgari surdi
Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi?