07:00 / 11.02.2021
2 285

Amerikalik ayol serial ta’sirida islomni qabul qildi

Amerikalik ayol serial ta’sirida islomni qabul qildi
Amerikaning Viskonsin shtatida yashovchi oltmish yoshli ayol Turkiyaning “Tirilish Ertug‘rul” seriali ta’sirida islomni qabul qildi va ismini Xadicha deb o‘zgartirdi.

“Anadolu” agentligiga intervyu bergan ayol “Netfliks”da tasodifan turk serialini ko‘rib qolganini aytdi. “Men umuman bexabar bo‘lgan tarix haqida hikoya qilingan ekan. Alloh, islom, adolat va mazlumlarga yordam haqida eshitganlarim e’tiborimni tortdi”, – deydi u.

Xadicha “Tirilish Ertug‘rul” serialiga shunchalik qiziqib qoldiki, uni to‘rt marta tomosha qildi, hozir beshinchi marta ko‘ryapti. “Serialni tez-tez to‘xtatib, tilga olingan mavzular haqida manba qidiraman. Islom, musulmonlar tarixi va usmoniylar saltanati haqida internetda boshqa videolarni ham izlab, ko‘proq ma’lumot olish uchun tomosha qilaman, – deydi ayol. – Yaxshiyamki, ko‘rgan ekanman, bu serial ko‘zimni ochdi, islom bilan tanishdim”.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Amerikalik ayol serial ta’sirida islomni qabul qildi