
Kadr: TikTok
Belgiyaning Vyustvezel posyolkasida yashovchi Vendi Adrians o‘zining fermasida yashovchi tuyaqushni uchrashuvga chaqirdi, deb xabar beradi Meduza.
Qush taklifni qabul qilgan va belgilangan vaqtda hovliga — Adrians choyshab yoygan joyga kelgan. Tuyaqush o‘sha yerda ayolning qarshisiga o‘tirgan. Adrians esa o‘z hamrohining yoniga surilib, bo‘ynidan quchoqlagan va uni silay boshlagan. Qush ko‘zlarini yumib, ayolning yelkasiga boshini qo‘ygan.
[media=https://www.instagram.com/p/CK8_Bw3glZv/?utm_source=ig_embed]
Ma’lum bo‘lishicha, Adrians bu kabi uchrashuvlarni tez-tez o‘tkazib turadi. Ayol va uning do‘stiga hatto qorli ob-havo ham xalaqit bermaydi.
[media=https://www.instagram.com/p/CLAIT0Pgur6/?utm_source=ig_embed] “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar