Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Turkiya "Buyuk Turon"ni tashkil etish niyatida, deya o‘ylamasligini ma’lum qildi. U bu haqda RBKga bergan intervyusida aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, SSSRning turkiy tilli mamlakatlari Turkiyaning ushbu g‘oyasini qo‘llab-quvvatlagani ham dargumon.
Ozarbayjon singari davlatlar Buyuk Turon tashkil etilishi g‘oyasini qo‘llab quvvatlayotgan bir vaqtda Moskva Turkiyaning kuchayib ketishidan xavfsiraydimi, degan savolga javob berar ekan, Lavrov shunday dedi: "Turkiya bunday g‘oyani ta’qib qilyapti, deb o‘ylamayman. SSSRning bir qismi bo‘lgan va keyinchalik mustaqil bo‘lgan mamlakatlar bu g‘oyani haqiqatla qandaydir ko‘rinishda qo‘llab-quvvatlashlarini tasavvur qilolmayman".
Bundan tashqari, ushbu mamlakatlar tashqi siyosatning butun pafosi va faoliyat amaliyoti o‘z milliy davlatchiligini mustahkamlashga qaratilgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkiyaning o‘z manfaatlari bor - bu bir tilda gapiradigan hammilatlaridir. Uning ta’kidlashicha, turkiy tilli munosabatlar mavzusi Turkiya bilan boshqa mamlakatlar, jumladan Ozarbayjon va Markaziy Osiyoning qator davlatlari o‘rtasidagi hamkorlik aloqalariga yetarlicha chuqur kirib borgan.
Uning fikricha, Turkiyaning sobiq ittifoq davlatlari hududidagi turkiyzabon davlatlar bilan hamkorligining asosiy qismini madaniy, til va ma’rifiy an’analar tashkil qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi