Foto: «Turkmenportal.com»
Vaksinatsiya hamma joyda amalga oshirilgandagina samarali bo‘ladi, dedi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) rahbari Tedros Adanom Gebreyesus. Uning nutqi aks etgan videoyozuv tashkilotning YouTube-kanaliga joylandi.
Gebreyesus barcha mamlakatlarni vaksinatsiyani keyinga qoldirmaslikka chaqirdi, chunki aks holda koronavirusning yangi shtammlari paydo bo‘ladi.
«Bunday holatda biz qo‘llagan vaksinalar yaroqsiz bo‘lib qolishi mumkin», — deya ogohlantirdi u.
Uning ta’kidlashicha, rivojlanayotgan mamlakatlarda preparatlar yetishmasligi boy davlatlarga ham muammo tug‘dirishi turgan gap. Shu bois Gebreyesus hukumatlarni o‘z fuqarolariga virusdan himoyalanish uchun nafaqat o‘zlarini, balki dunyoning boshqa mamlakatlari aholisini ham emlash zarurligini tushuntirishga chaqirdi.
Dunyoda 111 million kishi koronavirusga chalingan bo‘lib, qariyb 2,5 million bemor hayotdan ko‘z yumdi. Kasallanganlar va vafot etganlar soni bo‘yicha AQSH, Hindiston va Braziliya oldinda bormoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi