11:00 / 24.02.2021
1 833

AQSHda 139 yillik uy yangi joyga ko‘chirib o‘tkazildi (foto, video)

AQSHda 139 yillik uy yangi joyga ko‘chirib o‘tkazildi (foto, video)
Foto: Daily Mail
Kaliforniya shtatining San-Fransisko shahrida yashovchi Tim Braun o‘zining 139 yillik Viktoriya davriga xos usulda qurilgan uyini shahar ko‘chalaridan olib o‘tib, yangi joyga ko‘chirdi. Bu haqda Daily Mail xabar berdi.

1882 yilda qurilgan uy ulkan tirkamaga joylashtirdi va yuk mashinasi yordamida olti kvartal nariga yetkazildi. Noodatiy yuk tashishni yuzlab mahalliy aholi tomosha qildi.

Uy bilan birga ko‘chib o‘tishga ruxsat olish uchun Braun 15 ta agentlik bilan bitim tuzib, 400 ming dollar to‘lashiga to‘g‘ri keldi. Bu San-Fransiskoda uyni ko‘chirib o‘tkazish bilan bog‘liq so‘nggi 50 yil ichidagi birinchi holatdir, bu yerda avvallari bunday holat tez-tez sodir bo‘lgan.

Mazkur uy Fransisko ko‘chalari bo‘ylab olib o‘tildi.


Braun uyni olti kvartal naridan sotib olgan yerga joylashtirishga va o‘zining boshqa uyi bilan birlashtirib, ularni elita toifasidagi uylar havaskoriga sotishga qaror qildi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSHda 139 yillik uy yangi joyga ko‘chirib o‘tkazildi (foto, video)