Antarktidadan ulkan aysberg ajralib chiqdi

Antarktidadan ulkan aysberg ajralib chiqdi
Foto: British Antarctic Survey
Antarktidadan maydoni 1270 kvadrat kilometrli ulkan aysberg ajralib chiqdi. Aysberg Britaniyaning Halley tadqiqot stansiyasi joylashgan Brant muzligidan ajralgan. Muzlikning qalinligi 150 metrni tashkil etadi.

Muzlikda 10 yil avval yirik yoriqlar paydo bo‘lgandi. Yanvarda eng yirik yoriqlardan birining kengayishi tezlashdi. Natijada 26 fevralda aysberg muzlikdan ajraldi.
Antarktidadan ulkan aysberg ajralib chiqdi
Qayd etilishicha, bu hodisa stansiya uchun xavf solmaydi. Stansiya 2016 yilda qit’aning ichkariroq qismiga ko‘chirilgandi. Fevral o‘rtalarida 12 nafar xodimdan iborat guruh stansiyani tark etgandi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar