1 405
Amerikaliklarning 40 foizdan ortig‘i koronavirusga qarshi emlanishni istamasligi ma’lum bo‘ldi
Foto: Brian van der Brug/Los Angeles Times via AP
AQSH aholisining 41 foizga yaqini koronavirusga qarshi emlanishni istamaydi, deb yozadi The Hill nashri Harvard Amerika siyosiy tadqiqotlar markazi (Harvard CAPS) va Harris Poll kompaniyasi so‘rovi natijalariga tayanib.
So‘rov natijalariga ko‘ra, qatnashchilarning qolgan 59 foizi koronavirusga qarshi emlanishni xohlaydi.
Emlanishni istamaganlarning 66 foizi vaksinaning nojo‘ya ta’siridan qo‘rqishini, 33 foizi esa vaksinani samarasiz deb hisoblashini bildirgan. Harvard CAPS-Harris poll so‘rovida 2006 nafar kishi qatnashgan.
The Hill nashrining yozishicha, AQSHda koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashda oldinga siljish bo‘lgani bilan tibbiyot ekspertlari koronavirusning yangi paydo bo‘layotgan turlari barcha sa’y-harakatlarni xavf ostiga qo‘yishi mumkinligidan ogohlantirmoqda.
O‘tgan haftada AQSH oziq-ovqat va dori mahsulotlari sifatini sanitar nazorat qilish boshqarmasi (FDA) Johnson & Johnson kompaniyasining koronavirusga qarshi vaksinasidan foydalanishni ma’qulladi.
Avvalroq Pfizer-BioNTech va Moderna kompaniyalari vaksinalari ma’qullangandi.
Pandemiya boshlanganidan buyon AQSHda koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq holatlar soni 29,3 milliondan oshgan, 527 mingdan ortiq bemor vafot etgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
"Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi!
Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi
Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi
Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi
Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi
Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi
Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi
Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi