08:57 / 19.03.2021
1 937

Anqarada ayollarni qo‘rqitib, fohishalik qilishga majburlab kelgan jinoiy guruh qo‘lga olindi

Anqarada ayollarni qo‘rqitib, fohishalik qilishga majburlab kelgan jinoiy guruh qo‘lga olindi
Kadr: Telegram
Turkiya poytaxti Anqara shahrida turk politsiyasi tomonidan o‘tazilgan tezkor tadbirda 10 nafar ayolni qo‘rqitib, pul evaziga fohishalik qilishga majburlagan 7 nafar shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda SonDakika’ga tayanib, UzNews xabar berdi.

Aniqlanishicha, jinoiy guruh a’zosi xorijlik turmush o‘rtog‘i yordamida O‘zbekiston, Qozog‘iston, Rossiya, Ukraina va Qirg‘izistonda iqtisodiy qiyin ahvolda qolgan ayollarga ish topib berish maqsadida ularni Turkiyaga olib kelgan.

Amalga oshirilgan tezkor tadbirda gumondorlarning manzillarida ov miltig‘i, pasportlar va 135 ming lira (taxminan, 190,5 million so‘m), 680 yevro va 36 dollar daliliy ashyo sifatida olingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Anqarada ayollarni qo‘rqitib, fohishalik qilishga majburlab kelgan jinoiy guruh qo‘lga olindi