22:02 / 25.03.2021
1 347

Chet el fuqarolarini Rossiyaga ishga taklif qilishning yangi algoritmi e’lon qilindi

Chet el fuqarolarini Rossiyaga ishga taklif qilishning yangi algoritmi e’lon qilindi
Chet el fuqarolarini Rossiyaga ishga jalb qilish bo‘yicha yangi tartib tasdiqlandi. Bu haqida Rossiya Qurilish vazirligi tomonidan 21 mart kuni imzolangan buyruqda aytib o‘tilgan.

Umumrossiya Koronavirus tarqalishini oldini olish shtabining 2021 yil 14 yanvarda bo‘lib o‘tgan majlisi protokolida Rossiya iqtisodiga xorijiy ishchiarni jalb qilish algoritmi tasdiqlangan.

Yangi algoritm Mehnat vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib unda quyidagi asosiy bosqichlar mavjud:
1. Mehnatga jalb qilish "Rabota v Rossii" umumrossiya vakansiyalar portali orqali amalga oshiriladi.
2. Xorijiy ishchilarni qaysi sohalarga jalb qilish mumkinligi Rostrud tomonidan hududlar ehtiyojidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
3. Xorijiy fuqarolarni ishga jalb qilish huquqiga ega bo‘lgan korxonalarga quyidagi talablarga javob berishi kerak:
- milliy, federal yoki mintaqaviy loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etishi;
- shtatdagi xodimlari soni kamida 250 nafar bo‘lishi;
- daromadi 2 milliard rubldan ortiq bo‘lishi;
- soliqlardan qarzi yo‘q bo‘lishi.
4. Yuqoridagi talablarga javob beruvchi Ish beruvchi xorijiy mamlakatda o‘ziga kerakli mutaxassislarni saralab oladi va ularning to‘liq pasport ma’lumotlarini yig‘ib oladi.
5. Ish beruvchi "Rabota v Rossii" portalida xorijiy ishchilarni yollash uchun ariza, ular bilan imzolangan shartnoma hamda xorijiy ishchilar ro‘yxatini joylashtiradi.
6. Ish beruvchi arizasini Rossiya hududiy sub’ektining xorijiy ishchilar jalb qilish bo‘yicha muassasalararo maxsus komissiya ko‘rib chiqadi va qaror qabul qiladi.
7. Muassasalararo maxsus komissiya qaroriga asosan, arizasi tasdiqlangan ish beruvchilar jalb qilayotgan xorijiy ishchilar ro‘yxati IIV Migratsiya bo‘linmalariga va boshqa tegishli muassasalarga yuboriladi.
8. Xorijiy ishchilarni barcha sanitar-epidemiologik talablarga rioya qilgan holda Rossiyaga olib kirish ish beruvchi tomonidan amalga oshiriladi.
9. Rossiya hududida xorijiy ishchilar belgilangan tartibda dastlab karantin, keyin tibbiy ko‘rik, daktiloskopiya va boshqa jarayonlardan o‘tib patent rasmiylashtirishadi.
10. Ish faoliyati yakunlanganidan so‘ng ish beruvchi 3 kun ichida xorijiy ishchilarni o‘z vataniga qaytarishi kerak.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Dunyo » Chet el fuqarolarini Rossiyaga ishga taklif qilishning yangi algoritmi e’lon qilindi