18:00 / 13.04.2021
2 661

Indoneziyalik kuyov Google Maps sabab boshqa to‘yga kelib qoldi (video)

Indoneziyalik kuyov Google Maps sabab boshqa to‘yga kelib qoldi (video)
Indoneziyaning Markaziy Yava provinsiyasida qiziq voqea yuz berdi: kuyov to‘y kuni manzilni adashtirib qo‘yib, notanish kelinning uyiga kirib keldi, deb xabar beradi «Korrespondent.net». Mazkur tushunmovchilik Google Maps’dagi nosozlik sabab yuzaga kelgan.

Mahalliy an’analarga ko‘ra, to‘y kuni kuyov kelinning uyiga borib, u bilan uchrashadi va shundan so‘ng nikoh marosimi bo‘lib o‘tadi. Google Maps erkak va uning mehmonlarini adashtirib, to‘y bo‘layotgan va kech qolgan kuyovni kutayotgan boshqa bir qishloqqa eltib qo‘ygan.

Notanish mehmonlarni ko‘rgan Mariya Ulfa ismli kelin hayron qolgan, chunki ularning birortasini tanimagan. «Ushbu erkakka hamrohlik qilganlarni ko‘rganimda hayratga tushdim, chunki ularning birortasini tanimagan edim», — deydi qiz.

Kelinning qarindoshlaridan biri kuyov va uning mehmonlari boshqa qishloqqa kelib qolganini aniqlashga muvaffaq bo‘lgan. Ularga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatilgan va yigit o‘z suyuklisining yoniga yetib borgan.

E’lon qilingan videoda kelinning uyini adashtirib qo‘ygan bir guruh mehmonlar sovg‘alari bilan qaytib ketayotgani tasvirlangan.
[media=https://www.instagram.com/p/CNRE2Ddnvnl/?utm_source=ig_embed]

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Indoneziyalik kuyov Google Maps sabab boshqa to‘yga kelib qoldi (video)