Foto: «Mediacratia.ru»
Amerikalik shifokorlar bemorning jismoniy faolligi past bo‘lganda koronavirusdan o‘lish xavfi uch baravar oshishini aniqladilar. Xuddi shu omil bemorni shifoxonaga tushish ehtimolini ikki baravar oshiradi. Tadqiqot British Journal of Sports Medicine jurnalida chop etilgan.
Fontanadagi Kaiser Permanente tibbiyot markazi mutaxassislari koronavirusga chalingan 48 ming bemor haqidagi ma’lumotlarni o‘rganishdi.
«Bizning kuzatuvlarimiz jismoniy faollikning kamligi SARS-CoV-2 infeksiyasi, shu jumladan, chekish, semizlik, diabet va gipertoniya bilan taqqoslaganda eng xavfli omillaridan biri ekanligini ko‘rsatdi», — deyiladi tadqiqotda.
Ta’kidlanishicha, infeksiyani yuqtirganlarning atigi 9 foizi shifoxonaga murojaat qilgan, undan ham kami esa vafot etgan. Shifokorlar kam faollik aybdor ekanligini aniqladilar. Ustiga-ustak, u reanimatsiyaga tushish xavfini 70 foizga oshiradi.
«Jahondagi sog‘liqni saqlash idoralari aholi bilan ishlashda buni e’tiborga olishlari kerak. Izolyatsiya paytida qomatni saqlash qanchalik qiyinligini hisobga olish muhimdir», — deya ta’kidladilar mutaxassislar. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi?
Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi
Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari...
Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi guruh bosqichidagi 2 o‘yinini “PSJ” stadionida o‘tkazadi