19:50 / 14.04.2021
2 923

Shifokorlar koronavirusda o‘lim xavfini uch baravar oshiradigan omilni aniqlashdi

Shifokorlar koronavirusda o‘lim xavfini uch baravar oshiradigan omilni aniqlashdi
Foto: «Mediacratia.ru»
Amerikalik shifokorlar bemorning jismoniy faolligi past bo‘lganda koronavirusdan o‘lish xavfi uch baravar oshishini aniqladilar. Xuddi shu omil bemorni shifoxonaga tushish ehtimolini ikki baravar oshiradi. Tadqiqot British Journal of Sports Medicine jurnalida chop etilgan.

Fontanadagi Kaiser Permanente tibbiyot markazi mutaxassislari koronavirusga chalingan 48 ming bemor haqidagi ma’lumotlarni o‘rganishdi.

«Bizning kuzatuvlarimiz jismoniy faollikning kamligi SARS-CoV-2 infeksiyasi, shu jumladan, chekish, semizlik, diabet va gipertoniya bilan taqqoslaganda eng xavfli omillaridan biri ekanligini ko‘rsatdi», — deyiladi tadqiqotda.

Ta’kidlanishicha, infeksiyani yuqtirganlarning atigi 9 foizi shifoxonaga murojaat qilgan, undan ham kami esa vafot etgan. Shifokorlar kam faollik aybdor ekanligini aniqladilar. Ustiga-ustak, u reanimatsiyaga tushish xavfini 70 foizga oshiradi.

«Jahondagi sog‘liqni saqlash idoralari aholi bilan ishlashda buni e’tiborga olishlari kerak. Izolyatsiya paytida qomatni saqlash qanchalik qiyinligini hisobga olish muhimdir», — deya ta’kidladilar mutaxassislar.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Dunyo » Shifokorlar koronavirusda o‘lim xavfini uch baravar oshiradigan omilni aniqlashdi