20:18 / 14.04.2021
3 276

Yo‘lda qush fojiaga sabab bo‘ldi

Yo‘lda qush fojiaga sabab bo‘ldi
Foto: «The Sun»
Angliyaning Saut-Yorkshir grafligi Sheffild shahrida keksa motosiklchini shlemiga uchib kelgan qush halok qildi. Bu haqda «The Sun» xabar bermoqda.

30 mart kuni 73 yoshli Uilyam Jekson motosiklda ketayotib, ikkita mashinani quvib o‘tgan. U manyovrni tugatib, o‘z yo‘liga qaytganda shlemiga qush kelib urilgan.

Zarbadan Jeksonning motosikli yo‘ldan maydonga chiqib ketgan. U motosikldan yiqilib tushgan va hodisa joyida hayotdan ko‘z yumgan. Keyinchalik uning jasadini ariqdan topishgan. Politsiya voqeaga guvoh bo‘lganlarni izlamoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yo‘lda qush fojiaga sabab bo‘ldi