14:30 / 19.04.2021
2 174

Hyundai’da ko‘tarma ko‘prikdan sakrab o‘tgan amerikalik haydovchi


AQSHda Hyundai Santa Fe haydovchisi shlagbaumni urib yuborib, ko‘tarma ko‘prikdan sakrab o‘tdi. Ko‘ngilsiz hodisa 12 aprel kuni Floridada sodir bo‘lgan, deb xabar berdi Motor'ga tayanib "Daryo".

Amerikalik jurnalistlarda bu kabi holatga nima sabab bo‘lganini aniqlash imkoni bo‘lmagan — Hyundai haydovchisi ta’qibdan qochmagan va bir qarashda haydovchida yo‘l harakati qoidalarini buzishga jiddiy sabab bo‘lmagan. Shunga qaramay Hyundai egasi Gollivud filmlaridagi kabi harakatni real hayotda sinab ko‘rishga qaror qilgan.
[media=https://youtu.be/2z0I_O_zM_4]
AQSH politsiyasi mazkur holatga qiziqish bildirgan va qoidabuzar avtomobil raqamini topgan. Noqonuniy «kaskadyor»ning ismi ham huquq-tartibot organlariga ma’lum. Uzoq o‘ylanmay amalga oshirilgan bu kabi parvoz oqibatida hech kimga jarohat yetmagan bo‘lsa-da, haydovchi kattagina jarimaga tortilishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Hyundai’da ko‘tarma ko‘prikdan sakrab o‘tgan amerikalik haydovchi