
Foto: The Guardian
Niderlandiyada nafaqaxo‘rlar juftligi to‘liq 3D texnologiyasi yordamida qurilgan Yevropadagi birinchi uyga ko‘chib o‘tdi, deb xabar beradi «Korrespondent.net».
Quruvchilar 29 aprel kuni amsterdamlik chol-kampir — 70 yoshli Eliza Luts hamda 67 yoshli Xarri Dekkersga uyning raqamli kalitini topshirgan. Ta’kidlanishicha, bu smartfonlar uchun mo‘ljallangan dastur bo‘lib, uning yordamida ikkita yotoqxonaga ega yangi uyni ochish mumkin.
«Ushbu uyni chop etishga 120 soat kerak bo‘ldi, xolos», — deydi Weber Benelux kompaniyasi bosh direktori Bas Gyuismans.
Maydoni 94 kvadrat metrga teng uy valun (yumaloq katta tosh) shaklida ishlangan. U 24 ta betonli elementdan iborat bo‘lib, qatlamli shaklda chop etilgan va qurilish maydonchasiga yetkazilgan. Bu yerda u bevosita poydevorga o‘rnatilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar