19:12 / 05.05.2021
5 693

Afrikalik ayol birato‘la to‘qqiz bolani dunyoga keltirdi


Foto: «Apnews.com.ua»
Afrikaning Mali Respublikasida bir ayol birato‘la to‘qqiz farzandli bo‘ldi: besh qiz va to‘rt o‘g‘il. Ona va barcha chaqaloqlarning ahvoli yaxshi, deya «Facebook»da xabar berdi respublika sog‘liqni saqlash vazirligi.

Vazirlikning ta’kidlashicha, 25 yoshli Halima Sisse ikki hafta davomida Mali poytaxti Bamako shifoxonasida yotib davolangan. Keyin esa prezident Ba Ndauning farmoniga binoan Marokashdagi klinikaga ko‘chirilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, Malida ham, Marokashda ham ultratovush tekshiruvida shifokorlar ayolning qornida faqat yetti nafar bolani aniqlaganlar. Bolalar tug‘ilganidan so‘ng Mali sog‘liqni saqlash vaziri Fanta Sibi Sissening homiladorligini nazorat qilishda ishtirok etgan har ikki mamlakat shifokorlarini tabrikladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Afrikalik ayol birato‘la to‘qqiz bolani dunyoga keltirdi