19:13 / 08.05.2021
1 679

Olimlar asalarilarni koronavirus infeksiyasini hid orqali aniqlashga o‘rgatdi

Olimlar asalarilarni koronavirus infeksiyasini hid orqali aniqlashga o‘rgatdi

Foto: «Korrespondent.net»
Niderlandiyaning Vageningen universiteti olimlari asalarilarni koronavirusga chalingan insonni uning hidi orqali aniqlashga o‘rgatdi. Tajriba natijalari o‘quv muassasasi matbuot xizmati tomonidan e’lon qilingan, deb xabar beradi «Korrespondent.net».

Ma’lum qilinishicha, tajribada 150 ta asalari qatnashgan. Olimlar hasharotlar har safar infeksiya namunasi hidini aniqlaganida ularga shakarli suv eritmasini berib mashq qildirgan. Shunda asalarilar tilchasini chiqarib, shirin suvni yig‘ishga kirishgan.

Oxir-oqibat hasharotlar o‘zlarining tabiiy sezgirligi natijasida bir necha soniyada kasallangan namunalarni aniqlay boshlagan va tilchasini ular qarshisida hech qanday mukofotsiz ortga burgan.

«Koronavirus boshqa kasalliklar kabi organizmda metabolik o‘zgarishlarni yuzaga keltirgani sabab ma’lum bir hid paydo bo‘ladi. Asalarilarni bir necha daqiqa ichida SARS-CoV-2 virusi bilan kasallangan namunalarni aniqlashga o‘rgatish mumkin», — deya oydinlik kiritadi olimlar.

Ularning hisoblashicha, bu kabi texnologiya qashshoq mamlakatlarda odamlarga tashxis qo‘yishda samarali bo‘lishi mumkin.
«Keyingi bosqich ushbu yo‘nalish ko‘lamini kengaytirishdan iborat. Asalarilar butun dunyoda bor, shu sababli insonlarga kerakli yagona narsa — bu asalarilarni o‘rgatadigan mashina», — deydi universitet.

Ta’kidlanishicha, InsectSense kompaniyasi hozirda bir necha asalarini bir vaqtning o‘zida o‘rgatishga qodir mashina prototipini yaratgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Dunyo » Olimlar asalarilarni koronavirus infeksiyasini hid orqali aniqlashga o‘rgatdi