16:50 / 13.05.2021
4 036

Isroil shaharlarida yahudiylar va arablar o‘rtasida to‘qnashuvlar boshlandi (video)


Isroilning bir qator shaharlarida yahudiy va arab aholisi o‘rtasida to‘qnashuvlar va tartibsizliklar boshlandi, deb yozmoqda The Jerusalem Post.

Xabarga ko‘ra, Isroilning shimoli-g‘arbiy qismidagi Akko shahrida tosh va tayoq bilan qurollangan bir guruh arablar hujumiga uchragan bir yahudiy og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizildi.

Tel-Aviv atrofidagi Bat-Yam shahrida yahudiylar ikki kishini kaltaklab, bir nechta arab muassasalarini vayron qilgan. Shahar meri Zvik Brotning ta’kidlashicha, tartibsizliklar «shahar tashqarisidan kelgan provakatorlar tomonidan uyushtirilgan».

Shuningdek, tartibsizliklar Xayfa, Nazaret, Tveriya va Lod shaharlarida bo‘lib o‘tmoqda. Lodda arablar va yahudiylar o‘rtasida to‘qnashuvlar bir necha kundan beri davom etmoqda. Lod meri Yair Revivo shahar ustidan nazorat yo‘qolganini ma’lum qildi. Shaharda komendantlik soati joriy etildi.

Isroil politsiyasining xabar berishicha, 12 may kuni mamlakatning turli shaharlarida tartibsizliklarda qatnashgan 400 dan ortiq kishi hibsga olingan.
Avvalroq HAMAS harakati Isroil markazidagi shaharlarga yirik raketa hujumini uyushtirgan edi. Isroil yangi zarbalar bilan javob qildi.

Raketa hujumlari Isroil politsiyasi va falastinliklar o‘rtasida to‘qnashuvlar sodir bo‘layotgan Sharqiy Quddusdagi keskinlik kuchaygan bir paytda yuz bermoqda. 7 may kuni Isroil sudining qaroriga binoan Ma’bad tog‘lari yaqinidagi «Shayx Jarroh» mahallasidan arab oilalarini ko‘chirib yuborish jarayoni boshlangan edi. Buning natijasida hududda norozilik namoyishlari va to‘qnashuvlar yuzaga keldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Isroil shaharlarida yahudiylar va arablar o‘rtasida to‘qnashuvlar boshlandi (video)