20:08 / 18.05.2021
2 255

Amerikalik xonanda Ariana Grande turmushga chiqdi


Foto: Koimoi
Amerikalik xonanda yigiti Dalton Gomesga turmushga chiqdi. Elle’ning yozishicha to‘y marosimi Grandening Montesitodagi uyida bo‘lib o‘tgan.

Juftlik haqiqatan ham oila qurganini People nashriga bergan intervyusida tasdiqlagan rasmiy manba ularning juda ham baxtli ekanini qo‘shimcha qilgan. Qayd qilinishicha, to‘y kichik davrada o‘tkazilgan va unda 20 tadan kam odam qatnashgan.

Foto: Elle
Xonanda qimmatbaho mol-mulk sotish agenti sifatida faoliyat yuritadigan Gomes bilan bundan 5 oy avval unashtirilgan. Juftlik o‘rtasida sevgi uchqunlari alanga olgani haqidagi yangilik esa 2020 yilda tarqalgan, ularning lokdaunda birga vaqt kechirgani esa har ikkisi hayotini bog‘lashni istashini tushunib yetishiga sababchi bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Amerikalik xonanda Ariana Grande turmushga chiqdi