
Meduza nashri Perm o‘lkasining Lisva shahrida yashovchi Gosha laqabli qarg‘a o‘z egasiga uning shippagini olib kelib bergani tasvirlangan video bilan bo‘lishdi.
Avvaliga Gosha undan nima xohlashayotganini tushunmagan — adashib qo‘lqopni olib kelgan. Qarg‘a egasi qushga biroz tushuntirishga majbur bo‘lgan. Bu esa deyarli foyda bergan: biroq Gosha shippakning bittasini olib kelgan va xursandligidan sakray boshlagan.
Shippakning ikkinchi poyini olib kelishga esa ancha vaqt ketgan, ammo oxir-oqibat qarg‘a xo‘jayinining iltimosini bajargan. Shundan so‘ng Gosha va uning egasi sayrga chiqib ketgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar