10:23 / 25.05.2021
1 784

Britaniyada itlar koronavirusni bir necha soniyada aniqlashga o‘rgatildi


Mutaxassislar Medical Detection Dogs xayriya tashkilotining 6ta itida tadqiqot o‘tkazishgan. Ular bu maqsadda koronavirusga chalingan odamlarning kiyimi va himoya niqoblari namunalarini to‘plashgan.

So‘ngra itlar ushbu namunalar bo‘yicha koronavirusning kimyoviy birikmasini aniqlashga o‘rgatilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, itlar koronavirusni 82–94 foiz aniqlik bilan topishga muvaffaq bo‘lgan.

E’tiborlisi, ular koronavirusni aniqlash tezligi bo‘yicha PSR-testlarni ortda qoldirgan. Ta’kidlanishicha, itlar ikkitadan bo‘lib ishlab, yarim soat ichida 300 kishini tekshira oladi. Bu esa o‘rtacha hisobda bir aviareysdagi yo‘lovchilar soniga teng. Shu sababli bu amaliyotni aeroportlarda qo‘llash rejalashtirilmoqda.

«Gap shundaki, itlar koronavirusni testlardan ko‘ra ancha tezroq aniqlay oladi», deb aytgan tadqiqot mualliflaridan biri Jeyms Logan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Britaniyada itlar koronavirusni bir necha soniyada aniqlashga o‘rgatildi