08:30 / 26.05.2021
2 058

Islandiyalik dizayner jeledan kiyim yaratdi


Foto: Esquire
Valdis Shteynardottir ismli islandiyalik dizayner jeledan (meva suvi, shakar va jelatindan tayyorlanadigan shirin dildiroq yegulik) kiyib yursa bo‘ladigan predmetlarni yaratdi — ularni jelatin va agar-agar (ayrim dengizlarning qizil va qo‘ng‘ir rangli o‘simliklaridan alohida usulda qaynatib olinadigan shilimshiq modda)ni maxsus shaklga quyish hamda quritish orqali tayyorlash mumkin, deb xabar beradi Esquire.

Ushbu predmetlar yaroqsiz holga kelib qolgan taqdirda ularni eritib, yana yangi kiyimlarni yaratsa bo‘ladi — ortiqcha chiqindi yuzaga kelmaydi. Shteynardottir materiallarni tabiiy o‘simlik bo‘yoqlari yordamida bo‘yamoqda.
«Odamlar ushbu materialdan imkon qadar uzoqroq foydalanishlarini xohlayman. Agarda u o‘zining hayotiy siklini final bosqichiga yetganini his qilsangiz, uning erishiga ruxsat berishingiz mumkin», — deydi dizayner.

Foto: Esquire
Shteynardottir xuddi plastik kabi, biroq tabiiy materiallardan biror nima yaratishga qiziqqan: «Kiyim tayyorlashning mazkur usuli bizni to‘xtashga va amaldagi ishlab chiqarish usullarimizni qayta o‘ylab ko‘rishga majbur etadi. Texnologiya ortiqcha qirqimlarni yuzaga keltirmaydi va sintetik materiallardan foydalanishni talab etmaydi». Shuningdek, turli shakllar yoki shunchaki qirqish orqali jeledan tayyorlangan kiyimni istalgan o‘lchamga solish mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Islandiyalik dizayner jeledan kiyim yaratdi