16:23 / 26.05.2021
2 158

Hindistonlik juftlik samolyot bortida to‘y uyushtirdi (video)


Kadr: Twitter
Hindistonda ikki sevishgan mamlakatdagi karantin cheklovlari sabab samolyot bortida to‘y qildi, deb xabar beradi «Korrespondent.net».

Hindistonda koronavirus bilan kasallanish holatlari ortayotgani sabab to‘yni bekor qilgan Tamil Naduda istiqomat qiluvchi yigit-qiz oila qurish maqsadida samolyotni ijraga oldi va samoda nikohdan o‘tdi.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Yoshlar Madurayadan Totukudi yo‘nalishi bo‘ylab harakatlangan samolyotga 150 dan ortiq mehmonni taklif etgan. Avvaliga samolyot faqatgina to‘y sayohati uchun mo‘ljallangan. Keyinroq ikki sevishgan aviareysni to‘yni nishonlash uchun maxsus buyurtma qilgani ma’lum bo‘lgan.
Juftlik karantin cheklovlarini buzgani sabab, ularga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Hindistonlik juftlik samolyot bortida to‘y uyushtirdi (video)