
Hindistonning shimolidagi Uttar-Pradesh shtatida 21 nafar mahbus koronavirus tufayli axloq tuzatish muassasasini tark etishdan bosh tortdi. Bu haqda India Today xabar berdi.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, shtatning to‘qqizta qamoqxonasida jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish huquqini qo‘lga kiritdi. Lekin ularning 21 nafari shtat hukumatiga bu qarorning bekor qilinishini so‘rab xat yozdi.
«Mahbuslarning aytishicha, qamoqxonada muntazam tibbiy ko‘riklar o‘tkaziladi. Ular oziq-ovqatni o‘z vaqtida oladi hamda qamoqxonada o‘zlarini xavfsiz va sog‘lom sezadi. Ularning so‘zlariga ko‘ra, qamoqxonadan chiqishi bilan ular yashash uchun kurashishga to‘g‘ri keladi», — deydi qamoqxonalardan birining direktori Anand Kumar.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu mahbuslar tashqarida emas, balki muassasada xavfsizroq bo‘lishiga ishonadi. Ta’kidlanishicha, davlat ma’muriyati ushbu so‘rovni qondirdi.
Nashrning yozishicha, may oyining boshida Hindistonda koronavirusning avj olgani sababli mamlakat Oliy sudi qamoqxonalarda mahbuslarni kamaytirish to‘g‘risida ko‘rsatma bergan edi. Shundan buyon 11,5 ming mahbus jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli yoki garov evaziga ozod etildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar