21:16 / 05.06.2021
5 443

Putin: «Merkelni sog‘inaman»


Foto: «Kremlin.ru»
Germaniya kansleri Angela Merkel tez orada lavozimidan ketishiga Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘z munosabatini bildirdi.
Putin o‘zi va Merkel o‘rtasida yaxshi ishbilarmonlik munosabatlari o‘rnatilganini aytarkan, hamkasbini sog‘inishini alohida ta’kidladi.

«Albatta. Uning o‘rniga kim kelishini bilmayman. Angela bilan o‘rtamizda chin ishbilarmonlik munosabatlari o‘rnatilgandi, men buni juda qadrlayman», — dedi rus prezidenti Peterburg halqaro iqtisodiy forumida.

Putin Merkelning o‘z pozitsiyasini himoya qilish qobiliyati, to‘g‘riligi, ishonchliligi kabi xislatlarini yodga oldi.

Eslatib o‘tamiz, Germaniya kansleri Angela Merkel 2005 yil noyabridan beri shu lavozimda faoliyat yuritib keladi. Bundestagga navbatdagi saylovlardan so‘ng (2021 yil, sentabr) u katta siyosat bilan xayrlashishini ma’lum qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin: «Merkelni sog‘inaman»