Foto: «Kremlin.ru»
Germaniya kansleri Angela Merkel tez orada lavozimidan ketishiga Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘z munosabatini bildirdi.
Putin o‘zi va Merkel o‘rtasida yaxshi ishbilarmonlik munosabatlari o‘rnatilganini aytarkan, hamkasbini sog‘inishini alohida ta’kidladi.
«Albatta. Uning o‘rniga kim kelishini bilmayman. Angela bilan o‘rtamizda chin ishbilarmonlik munosabatlari o‘rnatilgandi, men buni juda qadrlayman», — dedi rus prezidenti Peterburg halqaro iqtisodiy forumida.
Putin Merkelning o‘z pozitsiyasini himoya qilish qobiliyati, to‘g‘riligi, ishonchliligi kabi xislatlarini yodga oldi.
Eslatib o‘tamiz, Germaniya kansleri Angela Merkel 2005 yil noyabridan beri shu lavozimda faoliyat yuritib keladi. Bundestagga navbatdagi saylovlardan so‘ng (2021 yil, sentabr) u katta siyosat bilan xayrlashishini ma’lum qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi