Foto: AP Photo
Jenevadagi uchrashuvda Rossiya prezidenti Vladimir Putin amerikalik hamkasbiga Rossiya milliy hunarmandchilik naqshlari bilan bezatilgan yozuv to‘plamini, Amerika rahbari Jo Bayden esa Putinga aviator ko‘zoynak va billur haykalcha sovg‘a qildi.
«Milliy naqshlar tushirilgan ‘Moskva’ yozuv to‘plami», — dedi Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Putinning Baydenga sovg‘asi haqidagi savolga javob berib.
Oq uy xabariga ko‘ra, sammit davomida Bayden Putinga maxsus tayyorlangan quyoshdan himoyalovchi ko‘zoynak va billurdan yasalgan bizon haykalchasini hadya qilgan.
«Prezident Bayden prezident Putinga Randolph USA tomonidan tayyorlangan aviator ko‘zoynaklarini sovg‘a qildi», — dedi AQSH ma’muriyati rasmiysi.
Uning ta’kidlashicha, 1978 yildan ushbu kompaniya qiruvchi-uchuvchilar uchun mo‘ljallangan maxsus ko‘zoynaklar ishlab chiqara boshlagan. O‘shandan beri Randolph USA kompaniyasi AQSH va NATO harbiylarini «yuqori sifatli va ishonchli aviatorlar» bilan ta’minlab keladi.
Oq uy vakili ta’kidlashicha, AQSH prezidenti Putinga, shuningdek, Amerika bizonining billur haykalchasini sovg‘a qilgan, bu «mamlakatdagi eng obro‘li sutemizuvchilardan birining ulug‘vor ramzi bo‘lib, o‘zida kuch, birlik va barqarorlikni namoyish etadi».
16 iyun kuni Jenevada Bayden va Putinning davlat rahbarlari sifatidagi birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv Jenevadagi La Grange villasida o‘tkazilgan. AQSH prezidenti Jo Bayden Jenevaga 15 iyun kuni, Vladimir Putin esa 16 iyun kuni kelgan. To‘rt soat davom etgan uchrashuvda tor va keng doiradagi muzokaralar olib borilgan. Muzokaralardan so‘ng ikki davlat rahbarlari alohida matbuot anjumanlari o‘tkazgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Qirg‘iziston prezidenti Moskvadagi 9 may paradida ishtirok etadi
Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi
Braziliyada suv toshqinlari: qurbonlar soni 75 kishiga yetdi
Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Ukrainada urushning 801-kuni: Odessadagi yong‘inlar va Chasiv Yar atrofida jang qilayotgan «Vampir»