11:39 / 05.07.2021
2 400

Aholisini eng ko‘p emlash bo‘yicha «chempion» davlat aniqlandi


Birlashgan Arab Amirliklari  Seyshel orollarini quvib o‘tib, aholisi dunyodagi eng ko‘p emlangan davlatga aylandi. Bloomberg ma’lumotlari shundan dalolat beradi.

Agentlikning ma’lumotlariga ko‘ra, BAA aholisining 72,1 foizi, ya’ni qariyb 10 million kishi koronavirusga qarshi emlangan. Bu dunyodagi barcha boshqa davlatlarga qaraganda aholi emlanishining eng yuqori darajasidir. Ikkinchi pog‘onadagi Seyshel orollarida aholining 71,7 foizi (100 mingga yaqin kishi) emlangan.

Lekin shunga qaramasdan AQSH bu hafta virus sabab fuqarolarni BAAga bormaslikka chaqirdi. Shu bilan birga, Saudiya Arabistoni ham AQSHga sayohat qilishni vaqtincha taqiqladi.

BAA Sinopharm, Moderna, Pfizer va AstraZeneca kabi vaksinalar rasman tasdiqlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Aholisini eng ko‘p emlash bo‘yicha «chempion» davlat aniqlandi