15:30 / 06.07.2021
2 372

Bosh og‘rig‘i koronavirusning yagona belgisi bo‘lishi mumkin — britaniyalik olimlar


Foto: Pixabay
Koronavirus infeksiyasi aksariyat hollarda bosh og‘rig‘ini yuzaga keltirmoqda. Ayrim bemorlar kasallikning faqat shu belgisini his qilmoqda. London qirollik kolleji genetik epidemiologi, professor Timoti Spektor bosh og‘rig‘i orqali organizmdagi infeksiyani aniqlash haqida ma’lumot berdi, deb yozadi «Korrespondent.net».

Uning ta’kidlashicha, koronavirusning yangi shtammlari bilan kasallanganlarning uchdan ikki qismi bosh og‘rig‘idan shikoyat qilmoqda. Shu bilan birga, bemorlarning 15 foizida bosh og‘rig‘i — mazkur kasallikning yagona belgisi.

Koronavirus tashxisi qo‘yilgan bemorlarning aksariyati analgetiklar bilan bartaraf etishning imkoni bo‘lmagan o‘rtacha va qattiq og‘riqni his qilmoqda. Og‘riq boshning ikki tomonida ham kuzatilib, uch—besh kun davom etyapti. U pulsatsiyalanuvchi, bosimli yoki o‘tkir bo‘lishi mumkin.

Bundan tashqari, britaniyalik olimlar koronavirusning hozirda butun dunyo bo‘ylab tarqalgan delta shtammining belgilarini izohlar ekan, uni oddiy shamollashga o‘xshashini ta’kidlamoqda. Ya’ni asosiy begilari orasida bosh va tomoqda o‘riq, shuningdek, tumov, aksirish va yo‘tal kuzatilyapti.

Eslatib o‘tamiz, koronavirusning «hindcha» (delta) shtammi mutatsiyasi bo‘lgan delta-plyus birinchi bo‘lib Hindistonning Maxarashtra shtatida aniqlangan edi. Hindiston Sog‘liqni saqlash vazirligi aholi zich joylashgan Maxarashtra, Kerala va Madhya-Pradesh shtatlari hokimiyatlarini delta-plyus xavfidan ogohlantirdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bosh og‘rig‘i koronavirusning yagona belgisi bo‘lishi mumkin — britaniyalik olimlar