Janubiy Xitoy qishloq xo‘jaligi universiteti olimlari fazoda bo‘lgan guruchdan ilk hosilni olishdi. Bu haqda Xitoy televideniyesi ma’lum qildi.
Xitoy 2020 yil 24 noyabrda Oyga “Chan’e-5” qurilmasini yuborgandi. Oyning ko‘rinuvchi tomoniga qo‘ngan qurilma Oyda tuproq namunalari yig‘ib, ularni Yerga yetkazgandi. Shu bilan birga, ushbu missiya davomida 40 gramm guruch koinot nurlanishi ta’siriga uchratilgan. Keyinroq ushbu guruch Xitoy janubida ekilib, hozirda undan birinchi hosil olindi.
Olimlar “fazoviy guruch” ilmiy tadqiqotlar uchun katta qiymatga egaligi sababli o‘z tajribalarini davom ettirishmoqchi ekanini ma’lum qilishgan. Ularning ta’kidlashicha, koinot ta’siriga uchragan guruch donlari yangi serhosil va sifatli navlarni olishga asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi?
Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi
Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti
Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi
Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi
Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi